locale OZ

“Inter”da 28 yillik davr yakunlanmoqda: Pyero Auzilio klubni tark etadi

U klubga 1998-yilda kelib qo‘shilgan va turli lavozimlarda ishlaganidan so‘ng sport direktori darajasiga ko‘tarilgan.
“Inter”da 28 yillik davr yakunlanmoqda: Pyero Auzilio klubni tark etadi
Foto: Getty Images

Milanning “Inter” klubi sport direktori Pyero Auzilio bilan hamkorlikni yakunlashga tayyorlanmoqda. Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, 54 yoshli funksioner uzoq yillik faoliyatidan so‘ng klub bilan xayrlashadi.

Auzilio “Inter” tizimida 28 yil faoliyat olib bordi. U klubga 1998-yilda kelib qo‘shilgan va turli lavozimlarda ishlaganidan so‘ng sport direktori darajasiga ko‘tarilgan. Shu tariqa, “neradzurri” safidagi qariyb uch o‘n yillik faoliyat yakuniga yetmoqda.

Italiya OAViga ko‘ra, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmagan. Auzilio klubga amaldagi kelishuvni uzaytirish niyatida emasligini bildirgan, “Inter” esa uni uzoq muddatga saqlab qolish bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan.

Ma’lumot uchun, “Inter” yangi A Seriya mavsumini ikki g‘alaba bilan boshladi va ayni paytda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Milanliklar navbatdagi chempionat uchrashuvini 5-sentyabr kuni “Napoli”ga qarshi o‘tkazadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting