locale OZ

«Inter» Zommer o‘rniga APLdan darvozabon olib kelmoqchi

Fransiyalik kiper joriy mavsumda birorta uchrashuvda maydonga tushmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» Zommer o‘rniga APLdan darvozabon olib kelmoqchi
ФОТО: Getty images

"Lids" darvozaboni Illan Melie Milaning "Inter" klubi qiziqish doirasiga kirib qoldi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik 25 yoshli kiper joriy mavsumda “tovus”lar safida birorta o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.

“Inter” esa uning atrofidagi voqealarni diqqat bilan kuzatib boryapti va yaqinda 37 yoshni qarshilaydigan Yan Zommer o‘rniga taklif qilishni rejalashtirgan.

Illan Melie 2020 yilda "Loryan"dan "Lids" safiga kelganidan beri 214 ta o‘yinda maydonga tushgan. Transfermarkt ekspertlari Fransiya yoshlar terma jamoasi sobiq futbolchisining narxini 16 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting