locale OZ

«Inter» Yan Sommer o‘rniga Andrey Lunin nomzodini ko‘rib chiqmoqda

Shuningdek, «neradzurrilar» Vikarioga ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» Yan Sommer o‘rniga Andrey Lunin nomzodini ko‘rib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

Milanning «Inter» klubi Madridning «Real» jamoasi posboni Andrey Luninni Yan Sommerning o‘rnini bosuvchi nomzodlardan biri deb hisoblaydi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «neradzurrilar» uchun asosiy variant bo‘lib «Tottenhem» darvozaboni Gulyelmo Vikario qolmoqda. Shuningdek, nomzodlar ro‘yxatidan Lunin bilan bir qatorda «Roma» posboni Mile Svilar ham joy olgan.

Joriy mavsumda ukrainalik darvozabon barcha turnirlar doirasida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va ularning bittasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting