locale OZ

«Inter» va Bastoni «Barselona»ning rejalari o‘zgarishidan xavotirda

Kataloniyaliklar «Tottenhem» himoyachisi Kristian Romeroga qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» va Bastoni «Barselona»ning rejalari o‘zgarishidan xavotirda
FOTO: Getty Images

Milanning «Inter» klubi va jamoa himoyachisi Alessandro Bastoni «Barselona»ning «Tottenhem» a’zosi Kristian Romeroga qiziqish bildirayotganidan tashvishga tushib qolgan. Sport.es nashrining xabar berishicha, «neradzurrilar» Bastoni uchun belgilangan narx kataloniyaliklarni cho‘chitib yuborishi va ular arzonroq variant hisoblangan argentinalik himoyachini tanlashlaridan xavotirda.

Transfer jarayonida tomonlar o‘rtasidagi moliyaviy farqlar asosiy to‘siq bo‘lib turibdi. «Inter» rahbariyati o‘z yetakchi himoyachisi Alessandro Bastonini sotishdan kamida 60 million yevro miqdorida daromad olishni ko‘zlamoqda. Biroq moliyaviy imkoniyatlari cheklangan «Barselona» hozircha ushbu transfer uchun 50 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashga tayyor emasligini bildirgan.

Vaziyatni murakkablashtirayotgan yana bir jihat shundaki, «Tottenhem» himoyachisi Kristian Romero transfer bozori va joriy takliflar bo‘yicha Bastoniga nisbatan sezilarli darajada arzonroqqa tushishi mumkin. Aynan shu narxdagi tafovut «Barselona» rahbariyatining e’tiborini Romeroga qaratishiga va «Inter» bilan muzokaralarning to‘xtab qolishiga sabab bo‘lishi mumkinligidan milanliklar xavotirda.

Shunga qaramay, Alessandro Bastonining o‘zi aynan Kataloniya klubiga o‘tishni qattiq istamoqda va uning shaxsiy shartnomasi muzokaralar uchun muammo tug‘dirmaydi. «Barselona» rasmiy muzokaralarni «Inter» Italiya chempionligini rasmiylashtirganidan so‘ng boshlashni rejalashtirmoqda. Shu bosqichda klublar o‘rtasidagi 10 million yevrolik tafovut hal qilinishi yoki «Barselona»ning butunlay boshqa variantga o‘tib ketishi ma’lum bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting