«Inter» soʻnggi olti yil ichida uchinchi bor Italiya chempioniga aylandi
Italiya Seriya A ligasining 35-turida «Inter» jamoasi «Parma» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va muddatidan avval mamlakat chempionligini naqd qildi. Shu tariqa, «neradzurrilari» so‘nggi olti yil ichida uchinchi bor Italiya taxtiga ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» bundan avval 2020/2021 yilgi mavsumda Antonio Konte boshqaruvida, 2023/2024 yilgi mavsumda esa Simone Indzagi murabbiyligida Seriya A'da g‘olib chiqqan edi.
Milanliklarning joriy muvaffaqiyati esa amaldagi bosh murabbiy Kristian Kivu nomi bilan bog‘liqdir.
Ayni damda «Inter» 35 uchrashuvdan so‘ng 82 ochko jamg‘argan. Chempionat yakuniga uch tur qolgan bir vaziyatda, ikkinchi o‘rindagi «Napoli» bilan oradagi farq 12 ochkoni tashkil qilmoqda.
Bundan tashqari, «ko‘k-qoralar»ni oldinda yana bir muhim bahs kutib turibdi: 13 may kuni jamoa Italiya Kubogi finalida «Latsio»ga qarshi maydonga tushadi.