locale OZ

«Inter» sobiq futbolchisi «Verona» bilan shartnoma imzoladi

31 yoshli futbolchi iyul oyida "Monza"ni tark etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» sobiq futbolchisi «Verona» bilan shartnoma imzoladi
ФОТО: Getty images

"Inter" klubi va Italiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Roberto Gagliardini "Verona" bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 31 yoshli futbolchi iyul oyida "Monza"ni tark etganidan so‘ng erkin agentga aylangandi.

O‘tgan mavsumda Gagliardini sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli A Seriyada atigi 8 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Roberto faoliyatini "Atalanta" akademiyasida boshlagan, "Inter"da o‘ynagan, u yerda Italiya chempionati, ikkita mamlakat kubogi va ikkita Superkubokni qo‘lga kiritgan, shuningdek, Italiya U-20, U-21 va kattalar terma jamoasida ham maydonga tushgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting