«Inter» «Roma» himoyachisi Janluka Manchini bilan shartnoma imzolamoqchi
«Inter» klubi «Roma» himoyachisi Janluka Manchini transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.
Hozirgi vaqtda italiyalik futbolchining o‘z klubi bilan olib borayotgan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Agar yaqin haftalarda vaziyat o‘zgarmasa, «Inter» o‘yinchi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlashga tayyor.
Shuningdek, Milan klubi «Udineze» himoyachisi Umar Sole transferini ham kuzatishda davom etmoqda. Klub rahbariyati va bosh murabbiy Kristian Kivuning fikricha, har ikki futbolchi ham bo‘lajak mavsum oldidan jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun ideal variant hisoblanadi.
Manchinining «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. U o‘tgan 2025/2026 yilgi mavsumda A Seriya doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.