«Inter» rahbariyati Diyego Simeone bilan bogʻlandi
«Inter» rahbariyati Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone bilan bog‘lanib, uning jamoaga taklif etilish imkoniyatlarini o‘rgandi. Bu haqda insayder Santi Auna xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, argentinalik mutaxassis Italiya klubi rahbarlarining asosiy orzusi hisoblanadi.
Shuningdek, «Inter» hozirgi bosh murabbiy Kristian Kivu bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha ham parallel ravishda muzokaralar olib borayotgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Simeone 1997 yilning iyulidan 1999 yilning iyuliga qadar «Inter» safida futbolchi sifatida to‘p surgan. 2011yilning yanvaridan iyuniga qadar esa u Italiyaning boshqa bir klubi — «Kataniya»da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.
Seshanba, 14 aprel kuni Diyego Simeone boshqaruvidagi «Atletiko» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Barselona»ni mag‘lub etib (2:0, 1:2), UEFA Chempionlar Ligasining yarimfinaliga yo‘llanma oldi.