locale OZ

“Inter” Pio Esposito bilan shartnomani 2032-yilgacha uzaytirdi

Yangi kelishuvga ko‘ra, 21 yoshli italiyalik futbolchi 2032-yil 30-iyungacha Milan klubi sharafini himoya qiladi.
“Inter” Pio Esposito bilan shartnomani 2032-yilgacha uzaytirdi
Foto: Getty Images

“Inter” hujumchi Franchesko Pio Esposito bilan shartnomani uzaytirganini rasman e’lon qildi. Yangi kelishuvga ko‘ra, 21 yoshli italiyalik futbolchi 2032-yil 30-iyungacha Milan klubi sharafini himoya qiladi.

Esposito “Inter” akademiyasiga 2014-yilda qo‘shilgan va klub tizimida bosqichma-bosqich rivojlangan. U asosiy jamoada ham o‘z o‘rnini topishga muvaffaq bo‘ldi. Hujumchi “Inter” safida jami 53 ta uchrashuv o‘tkazib, 12 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma qayd etgan.

Joriy A Seriya mavsumida Esposito uchta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol va bir assist qayd etdi. “Inter” esa dastlabki uch turdan maksimal 9 ochko jamg‘argan. Klubning yosh hujumchi bilan uzoq muddatli kelishuv imzolashi uning kelajakdagi rejalarda muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting