«Inter» Pero Auzilio bilan hamkorlikni to‘xtatganini va Dario Bachchinni klubning yangi sport direktori etib tayinlaganini e’lon qildi
«Inter» Pero Auzilio bilan hamkorlikni to‘xtatganini va Dario Bachchinni klubning yangi sport direktori etib tayinlaganini e’lon qildi. Qaror tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilingan.
Auzilio «Inter»da qariyb 28 yil ishladi. 2014 yildan buyon sport direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Uning davrida milanliklar uch marta Italiya chempioni bo‘ldi, uchta Italiya Kubogi va uchta Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, klub uch marta yevrokuboklar finalida ishtirok etdi.
«Bu yangi qaror, ammo boshqaruvdagi izchillik saqlanib qoladi. Dario klubni yaxshi biladi va yangi vazifaga tayyor», — dedi «Inter» prezidenti Juzeppe Marotta.
Bachchin ko‘p yillardan buyon «Inter»ning texnik bo‘limida ishlab, asosiy jamoa bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda.