«Inter» Palestina uchun 50 million yevrolik taklif yubordi
Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
ФОТО: Getty images
"Inter" klubi "Atalanta" himoyachisi Marko Palestina transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "neradzurrilar" 20 yoshli futbolchi uchun 45 million yevro kafolatlangan mablag‘ va yana 5 million yevro bonuslar ko‘rinishida taklif yuborgan.
Shuningdek, "Inter" va futbolchi o‘rtasida shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishilgan. Palestina ham Milan klubiga o‘tishni istamoqda va transferning tezroq yakunlanishiga qiziqish bildirmoqda.
Hozircha klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Yakuniy kelishuv uchun yana bir necha bosqichli suhbatlar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist