locale OZ

«Inter» Onanani A Seriyaga qaytarmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» Onanani ortga qaytarmoqchi
Фото: Getty Images

"Inter" 2023 yilning yozida "neradzurrilar"ni tark etib, "Manchester United"ga o'tgan darvozabon Andre Onanani qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi Caught Offside.

Manbaga ko'ra, Italiya grandi "Inter" Chempionlar ligasi finaliga chiqqanida, 2022/2023-yilgi mavsumda kamerunlik futbolchining jamoa o'yiniga ta'sirini unutmagan.

"Neradzurrilar" rahbariyati darvozabonlar chizig'ini yangilamoqchi va Onanani klubga taklif qilishi mumkin. "Inter"ning fikricha, darvozabon faoliyatini A Seriyada davom ettirish imkoniyatiga ega bo'lishdan xursand bo'ladi.

Onana 2022 yildan 2023 yilgacha milanliklar safida to'p surgan. Futbolchining "Manchester United" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting