locale OZ

“Inter” Niko Pas transferi ustida ishlamoqda

“Real” futbolchini 10 mln yevroga qayta sotib olmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Inter” Niko Pas transferi ustida ishlamoqda
FOTO: Getty Images

Milanning “Inter” klubi “Komo” yarim himoyachisi Niko Pasni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Madridning “Real” klubi futbolchini 10 million yevro evaziga qayta sotib olish bandini faollashtirishni rejalashtirmoqda. Shundan so‘ng “qirollik klubi” argentinalik futbolchini 70 million yevro evaziga sotishni maqsad qilgan.

Qayd etilishicha, “Inter” 20 yoshli futbolchining transferi uchun kurashni davom ettirish niyatida. Biroq ushbu kelishuv amalga oshishi uchun milanliklar katta miqdordagi transfer mablag‘ini ajratishi yoki tarkibdagi ayrim futbolchilarni sotishi talab etilishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Niko Pas 2024-yilning yozida Madridning “Real” klubidan “Komo” safiga ko‘chib o‘tgan. Uning Italiya klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting