«Inter» Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
FOTO: Getty Images
Milanning «Inter» klubi yarimhimoyachi Genrix Mxitaryanni o‘z tarkibida saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Tuttosport nashrining xabar berishicha, klub armanistonlik futbolchiga 2027 yilning iyunigacha amal qiladigan yangi qisqa muddatli shartnoma taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Hozirgi vaqtda 37 yoshli xavbekning «Inter» bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning 30 iyuniga qadar belgilangan. Genrix Mxitaryan Milanning ushbu klubiga 2022 yilda «Roma»dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi.
Joriy mavsumda yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ayni paytda uning bozor qiymatini 3,5 million yevroga baholamoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist