locale OZ

«Inter» muxlisi fayer portlashi sababli barmoqlaridan ayrildi

Voqea «Inter» — «Kremoneze» uchrashuvi vaqtida sodir boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» muxlisi fayer portlashi sababli barmoqlaridan ayrildi
FOTO: Getty Images

Italiya chempionatining 23-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Inter» va «Kremoneze» (2:0) uchrashuvi maydondagi o‘yindan ko‘ra, tribunalardagi mudhish voqea bilan yodda qoladigan bo‘ldi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

O‘yin davomida «Inter» muxlislaridan biri raqib jamoa darvozaboni Emil Audero tomonga fayer (pirotexnika vositasi) uloqtirdi. Portlash zarbidan karaxt bo‘lib qolgan darvozabon maydonga yiqildi. Auderoga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi va u og‘ir vaziyatga qaramay, uchrashuvni oxirigacha davom ettirishga kuch topdi.

Biroq pirotexnika uloqtirgan muxlisning o‘zi kutilmagan baxtsiz hodisaga duch keldi. Uning qo‘lidagi ikkinchi fayer vaqtidan oldin portlab ketishi natijasida, u bir nechta barmoqlaridan ayrildi. Ayni damda u shifoxonada, politsiya esa bezori tuzalishi bilan uni darhol hibsga olishini ma’lum qilgan.

«Inter» futbolchilari o‘z muxlislarining bunday notoʻgʻri harakatiga keskin munosabat bildirishdi. Uchrashuv yakunlangach, jamoa a’zolari zo‘ravonlikka norozilik ramzi sifatida o‘z muxlislari o‘tirgan tribuna oldiga borishdan va ularni qutlashdan bosh tortishdi.

Turnir jadvalida «Inter» 55 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Kremoneze» esa 23 ochko bilan 14-o‘rinda qolgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting