locale OZ

«Inter Mayami» Suares bilan shartnomani uzaytirdi

38 yoshli hujumchining amaldagi bitimi shu yil oxirida tugardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Inter Mayami" Suares bilan shartnomani uzaytirdi
ФОТО: Getty images

“Inter Mayami” klubi Luis Suares bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, urugvaylik futbolchi Florida klubi bilan 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan shartnomani imzo chekkan.

Ma'lumot uchun, 38 yoshli hujumchining amaldagi bitimi shu yil oxirida tugardi.

Joriy mavsumda Suares 50 ta bahsda maydonga tushib, 17 ta gol va xuddi shuncha assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Umumiy hisobda Luis mayamiliklar safiga kelganidan beri 87 ta o'yinda 42 ta gol urgan va klub tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to'purarga aylangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting