locale OZ

«Inter Mayami» oʻz stadioni maysazorining bir qismini sotishga qaror qildi

Floridaliklar keyingi mavsum yangi arenaga koʻchadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter Mayami» oʻz stadioni maysazorining bir qismini sotishga qaror qild
FOTO: Getty Images

MLS amaldagi chempioni «Inter Mayami» ijtimoiy tarmoqlarda jamoaning uy stadioni — «Cheyz Stedium» maysasining bo‘laklari sotuvga chiqarilishini e’lon qildi.

Suvenirning o‘lchamiga qarab uning narxi 50 dollardan 725 dollargacha bo‘ladi. Aynan ushbu stadionda Florida klubi avvalroq Kanadaning «Vankuver Uaytkeps» jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, chempionlik sovrinini qo‘lga kiritgan edi. Kelasi mavsumdan boshlab «flamingolar» uy uchrashuvlarini yangi «Miami Freedom Park» stadionida o‘tkazadi.

«Inter Mayami» klubi 2018 yilda tashkil etilgan. Jamoa MLSda 2020 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Shu vaqt ichida klub MLS muntazam chempionati g‘olibligi (2024) hamda Shimoliy Amerika Ligalar kubogini (2023) qo‘lga kiritishga ham muvaffaq bo‘lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting