locale OZ

«Inter Mayami» MLS pley-offiga yo'l oldi

Florida klubi Sharqiy konferensiya turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Inter Mayami" MLS pley-offiga yo'l oldi
ФОТО: Getty images

"Inter Mayami" MLS pley-off bosqichiga yo'l oldi.

Xavier Maskerano boshchiligidagi jamoa muntazam chempionat doirasida "Nyu-York Siti" (4:0) ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng pley-off ishtirokchisiga aylandi.

Florida klubi ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozondi. Bungacha klub "Sietl Saunders" (3:1) va "Di Si Yunayted"ni (3:2) mag'lub etgandi.

"Inter Mayami" 29 o'yinda 55 ochko to'plagan holda Sharqiy konferensiya turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.

Ikkinchi o'rinda "Tsintsinnati" (58 ochko, 31 o'yin), birinchi o'rinda esa "Filadelfiya Yunion" (60 ochko, 31 o'yin) bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting