\"Inter Mayami\" Messi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
Photo: Getty Images
“Inter Mayami” va Lionel Messi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Gaston Edul X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi va Mayami klubi 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan bitim borasida kelishuvga erishishga yaqin. Leoning amaldagi shartnomasi 2025 yil dekabrigacha mo‘ljallangan.
Futbolchining o‘zi ham “Inter Mayami”da qolishga qaror qilgan va shartnomani uzaytirishdan manfaatdor.
2025 yilda hujumchi Florida klubi safida 17 o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist