locale OZ

«Inter Mayami» Lo Chelso bilan qiziqmoqda — manba

Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter Mayami» Lo Chelso bilan qiziqmoqda — manba
ФОТО: Getty images

"Betis" yarim himoyachisi Jovanni Lo Chelso MLSning "Inter Mayami" jamoasi uchun transfer maqsadlaridan biriga aylandi. Bu haqda El Correo de Andalucia xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Sevil'ya klubi futbolchi uchun 5 mln yevro talab qilmoqda. Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Jovanni Lo Chelso "Rosario Sentral" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, katta futbolda ham ushbu klub safida to‘p surgan. Bundan tashqari, yarim himoyachi faoliyatida "Pari Sen-Jermen", "Tottenhem Xotsper" va "Vilyarreal" klublari ham bor. "Betis"da u 2024 yil yozidan beri o‘ynamoqda, avval esa 2018 yildan 2020 yilgacha ham ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting