locale OZ

«Inter Mayami» Libertadores Kubogida ishtirok etish istagini bildirdi

Ushbu turnirda avval Meksika klublari ham qatnashgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter Mayami» Libertadores Kubogida ishtirok etish istagini bildirdi
FOTO: Getty Images

«Inter Mayami» egasi Xorxe Mas klubning Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL) tomonidan o‘tkaziladigan Libertadores Kubogi musobaqasida qatnashish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

«Men CONMEBOL va uning prezidenti Alexandro Dominges bilan Libertadores Kubogida ishtirok etish imkoniyatlari haqida muzokara o‘tkazdim. Meksika klublari ilgari bu turnirda qatnashgan, shuning uchun imkoniyat mavjud.

Men Libertadores Kubogida o‘ynashni xohlardim va bu haqda ochiq gapirdim va gapirishni davom ettiraman. MLSda ham bu haqda gapirdim. Menimcha, MLS chempionlari bunga loyiq. Bu Shimoliy Amerika va Meksika klublari ishtirokida futbolni Amerikada rivojlantirishning yaxshi yo‘li bo‘ladi va raqobat kuchayadi», — dedi Mas TyC Sportsga.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting