locale OZ

«Inter Mayami» Kazemironi o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi

Tomonlar o‘rtasidagi bitim 2027 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi. Shartnomada uni 2029 yil iyunigacha uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
«Inter Mayami» Kazemironi o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi
photo: gettyimages

«Inter Mayami» braziliyalik tajribali yarimhimoyachi Kazemiro bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

MLS klubi besh karra UEFA Chempionlar ligasi g‘olibini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi. Tomonlar o‘rtasidagi bitim 2027 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi. Shartnomada uni 2029 yil iyunigacha uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, Kazemiro barcha zarur viza hujjatlari rasmiylashtirilgach, jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

Avvalroq «Manchester Yunayted» 33 yoshli futbolchining jamoani tark etganini tasdiqlagandi. U 2025/26 yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumida 34 ta bahsda maydonga tushib, 9 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Kazemiro faoliyati davomida «San-Paulu», «Real», «Portu» va «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan. Ayniqsa, «Real» safida u Yevropa futbolining eng muvaffaqiyatli yarimhimoyachilaridan biri sifatida tarixga kirgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting