locale OZ

«Inter Mayami» g‘alabali seriyasini to‘xtatdi, Messi va De Paul qaytdi

Suarez yana gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter Mayami» g‘alabali seriyasini to‘xtatdi, Messi va De Paul qaytdi
ФОТО: Getty images

AQSH MLS chempionatining 2026 yilgi mavsumi doirasida "Inter Mayami" o‘z maydonida "Kolambus Kryu" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Urugvaylik hujumchi Luis Suarez italiyalik yarim himoyachi Yannik Braytning aniq uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Biroq birinchi bo‘lim oxirigacha mehmonlar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. "Inter Miami"ning yozgi transferi, braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. E’tiborli jihati, bu uning yangi jamoa safidagi ilk rasmiy uchrashuvi edi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda "Inter Mayami" yana oldinga chiqib oldi. Bu safar amerikalik himoyachi Allen Luis Suarezning golli uzatmasidan unumli foydalangan holda hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi.

Mehmonlar esa uchrashuvning 85-daqiqasida javob qaytarishdi. Yaqindagina jamoaga qo‘shilgan, avval "Real Sociedad" sharafini himoya qilgan ispaniyalik yarim himoyachi Brais Mendes aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi va jamoasiga bir ochko keltirdi.

Mazkur bahsda Argentina terma jamoasi yulduzlari Lionel Messi va Rodrigo De Paul ham maydonga qaytishdi. Ikkala futbolchi Jahon chempionatidan keyingi rejalashtirilgan dam olish sabab bir nechta o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi.

Ushbu durang natijasida "Inter Mayami"ning MLSdagi ketma-ket olti g‘alabadan iborat seriyasi yakunlandi. Jamoa 18 ta o‘yindan so‘ng 38 ochko jamg‘arib, Sharqiy konferensiyada ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. "Kolambus Kryu" esa 18 ochko bilan 11-pog‘onadan joy olgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting