«Inter Mayami» De Paulni «Atletiko»dan to‘liq sotib oldi
Transfer qiymati 17 mln dollarni tashkil qilgan.
ФОТО: Getty images
"Inter Mayami" klubi 31 yoshli argentinalik yarim himoyachi Rodrigo De Paulning shartnomasidagi sotib olish opsiyasini faollashtirdi. Bu haqda Transfer News Football telegram kanali xabar bermoqda.
De Paul 2025 yildan beri "Inter Mayami"da ijara asosida o‘ynamoqda. 2021 yildan buyon futbolchi Madridning "Atletiko" klubiga tegishli edi. Manbalarga ko‘ra, transfer qiymati 17 mln dollarni tashkil qilgan.
MLS klubi De Paul bilan 2029 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan, yiliga 12 million dollar maosh belgilangan shartnoma imzolashga tayyor.
Rodrigo De Paul joriy mavsum MLSda "Inter Mayami" safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi hisobida 1 gol va 5 ta golli uzatma bor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist