locale OZ

«Inter Mayami» De Paul bilan kelishuvga erishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter Mayami» De Paul bilan kelishuvga erishdi
Photo: Getty Images

"Atletiko" yarim himoyachisi Rodrigo De Paul faoliyatini "Inter Mayami"da davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi 31 yoshli argentinalik futbolchi bo‘yicha Florida klubining taklifini qabul qilgan. Klublar o‘rtasidagi kelishuv deyarli yakunlandi.

Ayni damda De Paul shartnomasining so‘nggi detallari muhokama qilinmoqda. Shundan so‘ng u 4 mavsumga mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, Rodrigo De Paul Argentina terma jamoasi safida bunga qadar jahon chempionati va ikki bor Amerika Kubogida zafar quchgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting