locale OZ

«Inter» Martinellini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Hozircha tomonlar o‘rtasida transfer bo‘yicha rasmiy kelishuv yo‘q.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» Martinellini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

Inter klubi Arsenal vingeri Gabriel Martinellini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Italiyaning Corriere dello Sport nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Inter hujum chizig‘ini kuchaytirish va qanotga tezkor hamda yakka-yakka vaziyatlarda raqibini aldab o‘ta oladigan futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda. Martinelli milanliklar rahbariyatining ehtimoliy nomzodlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

25 yoshli braziliyalik futbolchining Arsenal’dagi kelajagi hozircha noaniq. London klubi uni sotishga tayyor, biroq Martinelli avvalroq Galatasaroyning taklifini rad etgan va Angliyada qolish istagini bildirgan.

Hozircha tomonlar o‘rtasida transfer bo‘yicha rasmiy kelishuv yo‘q. Biroq Arsenal futbolchini sotishga ochiq ekani bois, transfer oynasi yopilguniga qadar muzokaralar rivojlanishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting