locale OZ

«Inter» «Man Siti» himoyachisini sotib olmoqchi

Transfer narxi taxminan 15 mln yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» «Man Siti» himoyachisini sotib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Milaning «Inter» klubi «Manchester Siti» himoyachisi Manuel Akanjini 15 mln yevro evaziga to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Inter» rahbariyati Akanjini sotib olish qarorida qat’iy turib olgan. Ayni vaqtda shveysariyalik futbolchi milanliklar safida ijara asosida to‘p surmoqda. Ijara shartnomasi kelasi yozga qadar amal qiladi va shundan so‘ng «Inter» futbolchini «Manchester Siti»dan to‘liq transfer qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Manuel Akanji 2025 yil sentyabr oyida «Inter»ga ko‘chib o‘tgan. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting