locale OZ

«Inter» Lautaroni 100 million yevroga ham sotmoqchi emas

Lautaroning "Inter" bilan shartnomasi 2029 yil iyunigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Inter Lautaroni 100 million yevroga ham sotmoqchi emas
ФОТО: Getty images

"Inter" klubi hujumchi Lautaro Martinesni "Barselona"ga sotish niyatida emas. Bu haqda Diario AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Italiya klubi argentinalik futbolchi bo'yicha hatto 100 million yevrolik taklifni ham ko'rib chiqmaydi.

"Barselona" Lautaroni "Atletiko"dan Xulian Alvaresni qo'lga kiritish imkoni pasaygan taqdirda asosiy muqobil variant sifatida ko'rmoqda. Biroq hozirgacha kataloniyaliklar va "Inter" o'rtasida transfer bo'yicha rasmiy muzokaralar boshlanmagan. "Neradzurri" futbolchini sotish masalasida eshiklarni yopgan.

Klub prezidenti Juzeppe Marotta ham Lautaro klubning asosiy futbolchisi va sardori ekanini ta'kidlab, uni sotish imkoniyatini qat'iyan rad etdi.

Lautaroning "Inter" bilan shartnomasi 2029 yil iyunigacha amal qiladi. Shu sababli milanliklar futbolchini sotishga majbur emas.

Shu tariqa, "Barselona" uchun Martinesning transferi ham juda murakkab ko'rinish oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting