locale OZ

“Inter” Kristian Romero transferi bo‘yicha siljishga erisha olmayapti

“Inter” yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishdan avval amaldagi tarkibidagi ayrim o‘yinchilar bilan xayrlashishi kerak.
“Inter” Kristian Romero transferi bo‘yicha siljishga erisha olmayapti
Foto: Getty Images

Milanning “Inter” klubi “Tottenhem” markaziy himoyachisi Kristian Romeroni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda. Manbaga ko‘ra, tomonlar transferning asosiy shartlarini og‘zaki ravishda kelishib olgan, biroq bitimni yakunlash uchun ayrim to‘siqlar hanuz bartaraf etilmagan.

“Inter” yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishdan avval amaldagi tarkibidagi ayrim o‘yinchilar bilan xayrlashishi kerak. Benjamen Pavar, Kristian Asllani va Davide Frattezining kelajagi bo‘yicha masala hal etilmagani sababli Romero transferi hozircha muzlatib qo‘yilgan. So‘nggi kunlarda vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmagan.

Shu bilan birga, argentinalik himoyachi uchun kurashga Madridning “Atletiko” klubi ham qo‘shilgan. Ispaniya jamoasi 28 yoshli “Tottenhem” sardorini transfer qilish bo‘yicha ish olib bormoqda va “Inter”dagi kechikishdan foydalanishga urinishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting