“Inter” Kertis Jonsni asosiy transfer maqsadi sifatida belgiladi
Milanning “Inter” klubi “Liverpul” markaziy yarim himoyachisi Kertis Jonsni yozgi transfer oynasidagi ustuvor maqsadlaridan biri sifatida belgiladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “Inter” 25 yoshli angliyalik futbolchining transferini taxminan 35 million yevro evaziga amalga oshirishga umid qilmoqda. Biroq hozircha “Liverpul” bilan hech qanday kelishuvga erishilmagan.
Italiya klubi avvalo Davide Frattezini sotishni rejalashtirmoqda. Shundan keyingina “Inter” Jons transferi bo‘yicha faol harakatlarni boshlashi kutilmoqda. Shu sabab angliyalik yarim himoyachining transferi Frattezining kelajagiga ham bog‘liq bo‘lib turibdi.
Kertis Jons 2025/26-yilgi mavsumda “Liverpul” safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Hozircha futbolchining “Inter”ga o‘tishi bo‘yicha rasmiy kelishuv mavjud emas.