locale OZ

“Inter” Kertis Jons uchun “Liverpul”ga 30 million yevro taklif qiladi

Milan klubi yaqin kunlarda 25 yoshli angliyalik futbolchi uchun 30 million yevrolik rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda.
“Inter” Kertis Jons uchun “Liverpul”ga 30 million yevro taklif qiladi
Foto: Getty Images

Italiyaning “Inter” klubi “Liverpul” yarim himoyachisi Kertis Jons transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, Milan klubi yaqin kunlarda 25 yoshli angliyalik futbolchi uchun 30 million yevrolik rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda.

Jons “Inter”ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Milan klubi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun aynan “Liverpul” tarbiyalanuvchisini ustuvor nomzod sifatida belgilagan.

“Liverpul” avvalroq o‘z futbolchisi uchun taxminan 40 million yevro talab qilgan. Jonsning o‘zi esa faoliyatini Italiyada davom ettirishga jiddiy qiziqish bildirmoqda va “Inter”ga o‘tish uchun oldindan rozilik bergani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kertis Jonsning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Shu sabab “Inter” transferni yozgi oynada yakunlash uchun mersisaydliklar bilan kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting