“Inter” Karlos Augusto bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
Italiyaning “Inter” klubi braziliyalik himoyachi Karlos Augusto bilan yangi shartnoma imzolash borasidagi muzokaralarda sezilarli yutuqqa erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Milan klubi 27 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy kechmoqda va “Inter” joriy yil yakuniga qadar himoyachi bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Augustoning klub bilan amaldagi kelishuvi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, “Inter” rahbariyati futbolchining jamoadagi kelajagini uzoq muddatga kafolatlash maqsadida shartnoma muddatini uzaytirishga intilmoqda.
Ma’lumot uchun, Karlos Augusto joriy mavsum barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali braziliyalik himoyachining transfer qiymatini 23 million yevroga baholamoqda.