locale OZ

«Inter» «Jenoa» himoyachisi Leo Estigorga qiziqish bildirmoqda

Ushbu futbolchi hozirda Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» «Jenoa» himoyachisi Leo Estigorga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Milanning «Inter» klubi «Jenoa» hamda Norvegiya terma jamoasi himoyachisi Leo Estigorni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.

«Neradzurrilar»ning norvegiyalik futbolchiga boʻlgan qiziqishi uning ampluadoshi Stefan de Vreyning klub bilan shartnomasini uzaytirmasligi va shu yozda jamoani tark etishi kutilayotgani bilan izohlanmoqda. Taʼkidlanishicha, Estigor «Inter» uchun mudofaa chizigʻini kuchaytirish variantlaridan biri boʻlib turibdi.

Leo Estigor professional darajada muqaddam «Hoffenhaym», «Renn», «Napoli» va bir qator boshqa jamoalar safida toʻp surgan. U muqaddam 2022-yilda ijara asosida «Jenoa»da oʻynagan edi, 2025-yilning yozida yana «grifonlar» tomonidan ijaraga olindi, joriy yilning yanvar oyida esa genuya klubi bilan toʻlaqonli shartnoma imzoladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting