locale OZ

“Inter” Jed Spens transferini yakunlashga yaqin

Italiya klubi 26 yoshli angliyalik futbolchi transferi bo‘yicha London jamoasi bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda.
“Inter” Jed Spens transferini yakunlashga yaqin
Foto: Getty Images

Milanning “Inter” klubi “Tottenhem” himoyachisi Jed Spensni o‘z safiga qo‘shishga yaqin turibdi. Italiya klubi 26 yoshli angliyalik futbolchi transferi bo‘yicha London jamoasi bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda.

Jurnalist Grem Beyli ma’lumotiga ko‘ra, “Inter” Spens uchun 30 million yevrodan ko‘p to‘lamasligini bildirgan va “Tottenhem” bu shartga rozilik bergan. Endi Milan klubi futbolchining o‘zi bilan shartnoma shartlarini yakunlash ustida ishlamoqda.

Spens ham “Inter”ga o‘tishga dastlabki roziligini bildirgan. Shu sabab tomonlar o‘rtasidagi kelishuv tez orada yakunlanishi mumkin. Hozircha transfer rasman e’lon qilinmagan.

Transfermarkt Spensning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. Himoyachi “Tottenhem” safida jami 85 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Qizig‘i, o‘ng qanot himoyachisi bo‘lishiga qaramay, u London klubida ko‘proq chap qanotda maydonga tushgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting