«Inter» Glebovni sotib olmoqchi — manba
"Inter" klubi SSKAning o'ng qanot vingeri Kirill Glebovni kuzatishda davom etmoqda.
Fc InterNews nashrining xabar berishicha, klubning ustuvor vazifasi keyingi mavsum uchun raqobatbardosh tarkib yaratish bo'lib qolmoqda, biroq rahbariyat Yevropadagi yosh iqtidorlarni, jumladan, Moskva klubi futbolchisini ham kuzatib bormoqda.
Manbaga ko'ra, Glebovning vakillari A Seriyaning 33-turida "Inter"ning "Kalyari"ga qarshi (3:0) o'yini uchun Milanda bo'lishgan va u yerda klubning ayrim a'zolari bilan uchrashishgan. Ular "neradzurrilar" futbolchiga qiziqish bildirishi mumkinligini tasdiqlagan.
Xabar qilinishicha, Glebovning "Inter"ga transfer summasi 20 mln yevroni tashkil qilishi mumkin. SSKA o'z futbolchisining transferi uchun aynan shuncha so'ramoqda.