locale OZ

«Inter» Estigor bilan shartnoma imzolamoqchi

Bu haqda La Repubblica xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 «Inter» Estigor bilan shartnoma imzolamoqchi
ФОТО: Getty images

Milaning “Inter” klubi “Jenoa” va Norvegiya terma jamoasi himoyachisi Leo Estigor bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda La Repubblica xabar bermoqda.

“Neradzurrilar”ning norvegiyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishiga uning ampluadoshi Stefan de Vreyning klub bilan shartnomasini uzaytirmasligi va shu yozda jamoani tark etishi ehtimoli sabab bo‘lmoqda.

Ta’kidlanishicha, Estigor “Inter” uchun himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlaridan biri hisoblanadi.

Leo Estigor kattalar darajasida avvalroq “Xoffenxaym”, “Renn”, “Napoli” va bir qator boshqa jamoalar safida to‘p surgan.

U 2022 yilda “Jenoa”da ijara asosida o‘ynagan, 2025 yil yozida “grifonlar” tomonidan qayta ijaraga olingan va yanvarda genuyaliklar bilan to‘laqonli shartnoma imzolagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting