“Inter” Enrike transferi uchun 22 mln yevro sarflamoqchi
Photo: Getty Images
“Marsel” vingeri Luis Enrike faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.
Qayd etilishicha, milanliklar 23 yoshli futbolchi bo‘yicha taklif yuborgan. Unga ko‘ra, klub o‘z taklifini yaxshilab, endi 22 million yevro va bonuslar taklif qilishga tayyor. “Marsel” esa kamida 25 mln yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Bu mavsumda braziliyalik futbolchi Liga 1da 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist