locale OZ

\"Inter\" yarim finalda!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Inter" durrang o'ynab, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Photo: gettyimages

Yevropa chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvlarining navbatdagisi bo'lib o'tdi. Unda “Inter Milan” o'z maydonida “Bavariya Myunxen”ni qabul qildi.

Dastlabki o'yinda safarda 1:2 hisobida g'alaba qozongan italiyaliklar, bu safar ham natija uchun o'ynay olishdi va yarim final chiptasini naqd qilishdi.

Uchrashuvning 52 daqiqasida nihoyat Harri Keyn gol urib, nemis klubini oldinga olib chiqdi.

Oradan 6 daqiqa o'tgandan keyin “Inter”ning 9 raqamli futbolchisi Martinez hisobni tenglashtirdi.

61 daqiqaga kelib, mezbonlar hisobda oldinga o'tib o'ldi. Pavard gol muallifiga aylandi. 76 daqiqada mehmonlar futbolchisi Dayer bahsdagi so'ngi golni urdi va jamoalar 2:2 ko'rinishidagi jangavor durrangni rasmiylashtirdi. Ushbu natijadan so'ng, italiyaliklar yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting