locale OZ

“Inter” Dimarko bilan shartnomani 2028-yilgacha uzaytirdi

Klub rahbariyati endi himoyachi bilan yanada uzoq muddatli kelishuv imzolashni ustuvor vazifalardan biri sifatida ko‘rmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Inter” Dimarko bilan shartnomani 2028-yilgacha uzaytirdi
Foto: Getty Images

“Inter” himoyachi Federiko Dimarkoning shartnomasidagi uzaytirish bandini faollashtirdi. Natijada 28 yoshli italiyalik futbolchining amaldagi kelishuvi 2028-yil 30-iyungacha uzaytirildi. Bu haqda Goal xabar berdi.

Madridda “Inter”ning yangi sport direktori Dario Bachchin va Dimarkoning agenti Arturo Kanales o‘rtasida uchrashuv ham bo‘lib o‘tgan. Tomonlar futbolchining klubdagi kelajagi va yangi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha rejalarni muhokama qilgan.

Dimarko avvalroq butun faoliyatini “Inter”da o‘tkazishni istashini ochiq aytgan. Shu bilan birga, futbolchi muvaffaqiyatli mavsumdan so‘ng shartnoma shartlari yaxshilanishini kutmoqda. Klub esa maoshni keskin oshirishdan ko‘ra individual va jamoaviy bonuslarni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Federiko Dimarko “Inter” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatli o‘yinlari uchun A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Klub rahbariyati endi himoyachi bilan yanada uzoq muddatli kelishuv imzolashni ustuvor vazifalardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting