locale OZ

“Inter” bosh murabbiyi “Arsenal”ni ogohlantirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Inter” bosh murabbiyi “Arsenal”ni ogohlantirdi
FOTO: Getty Images

“Inter” bosh murabbiyi Simone Indzagi 16-aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Bavariya”ga qarshi o‘yin arafasida matbuot anjumanida ishtirok etdi. U Germaniyaning kuchli klubi haqida iliq fikr bildirar ekan, Madridning “Real” jamoasini ham esdan chiqarmadi.

Mutaxassis “Real”ni Chempionlar Ligasi bosh sovrini uchun kurashdan chiqdi deb o‘ylash xato deb aytdi:

“Myunxenda biz juda yaxshi o‘ynadik. U yerda g‘alaba qozonish uchun ajoyib o‘yin ko‘rsatish kerak. Biz ushbu natijadan mamnunmiz. Ammo bu final emas edi. Endi esa dunyoning eng kuchli jamoasidan biri — “Real Madrid” bilan bir qatorda turadigan “Bavariya”ga qarshi yana bir katta o‘yin kutmoqda.

“Real” haqida gapiradigan bo‘lsam, ularni musobaqadan chiqdi, deb o‘ylamagan bo‘lar edim. “Arsenal” “Bernabeu”da ehtiyot bo‘lib harakat qilmasa, mag‘lubiyatga uchrashi mumkin”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, bugun, 16-aprel kuni “Inter” o‘z maydonida “Bavariya”ni qabul qilsa, “Arsenal” safarda “Real”ga qarshi maydonga tushadi. Har ikki bahs ham Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting