locale OZ

«Inter» «Barselona» qozonayotgan Bastoniga narx belgiladi

Kataloniyaliklar milanliklarning ushbu moliyaviy talablaridan xabardor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» «Barselona» qozonayotgan Bastoniga narx belgiladi
FOTO: Getty Images

«Inter» klubi markaziy himoyachi Alessandro Bastonini transferga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi. Milanliklar safida faqat hujumchilar Lautaro Martines va Franchesko Pio Espozito daxlsiz maqomiga ega, qolgan futbolchilar esa munosib takliflar kelib tushgan taqdirda jamoani tark etishlari mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Milan klubi Bastonining transferi bo‘yicha kamida 70 million yevro miqdoridagi takliflarni muhokama qilishga tayyor. 26 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgan «Barselona» klubi «Inter»ning ushbu moliyaviy talablaridan xabardor.

Kataloniyaliklar 70 million yevro miqdoridagi tovon pulini yuqori deb hisoblasalar-da, ushbu summani kamaytirish imkoniyatlari mavjudligiga ishonch bildirmoqdalar. Xususan, transfer qiymatini pasaytirish maqsadida «Barselona» tarkibidagi futbolchilardan birini bitimga kiritish varianti ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, Bastonining «Inter»dan ketish istagi va uning shaxsiy moliyaviy shartlari muzokaralar jarayonida hal qiluvchi omillardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting