locale OZ

«Inter» Arauho'ni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Hozircha Arauho bo'yicha rasmiy muzokaralar o'tkazilmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Inter Arauho'ni o'z safiga qo'shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

Inter klubi Barcelona himoyachisi Ronald Arauho'ga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, neradzurrilar kataloniyaliklar qiziqish bildirgan Alessandro Bastoni bo'yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Arauho'ni transfer qilish variantini ko'rib chiqadi. Bunday holatda milanliklar almashtirish taklifi bilan birga, unga qo'shimcha pul ham taklif qilishga tayyor.

Hozircha Arauho bo'yicha rasmiy muzokaralar o'tkazilmagan, biroq Inter himoya chizig'ini kuchaytirish imkoniyatlarini faol o'rganmoqda.

Joriy mavsumda Arauho Barcelona safida 37 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting