locale OZ

«Inter» Akanjini sotib olishga qaror qilgan

Milanliklar futbolchini 15 million yevro evaziga sotib olish bandini faollashtirishni rejalashtirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter» Akanji bo‘yicha qarorga keldi
ФОТО: Getty images

"Inter" rahbariyati "Manchester City"dan himoyachi Manuel Akanjini to‘liq sotib olish niyatida. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, italiyaliklar 30 yoshli shveysariyalik futbolchining o‘yinidan mamnun va uni to‘liq sotib olishga shubha qilmayapti.

Qayd etilishicha, milanliklar futbolchini 15 million yevro evaziga sotib olish bandini faollashtirishni rejalashtirgan. Joriy mavsumda himoyachi "neradzurrilar" safida ijarada to‘p surmoqda.

Manuel klub safida barcha musobaqalarda jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting