«Inter» Akanjini «Man Siti»dan toʻliq sotib oladi — Romano
Shveysariyalik futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar moʻljallangan.
FOTO: Getty Images
«Inter» klubi markaziy himoyachi Manuel Akanjini «Manchester Siti»dan 15 million yevro evaziga sotib oladi. Barcha rasmiyatchilik ishlari may oyida yakunlanadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Shveytsariyalik futbolchi joriy mavsum avvalida «neradzurrilar» safiga ijara asosida o‘tgan edi. Ushbu davr mobaynida himoyachi barcha turnirlar doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylandi.
Futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist