locale OZ

Insigne \"Toronto\" bilan shartnomani bekor qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Insigne "Toronto" bilan shartnomani bekor qildi
Photo: Getty Images

Lorenzo Insigne va “Toronto” jamoasi o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. Bu haqda Nikola Skira xabar berdi.

Uning shartnomasi 2026 yil iyun oyigacha amal qilishi kerak edi. Ammo endi u erkin agentga aylandi.

Lorenzo 2022 yilning yozidan beri MLS klubi safida to‘p surib kelayotgan edi. Futbolchi “Toronto”da yuqori maoshga ega bo‘lishiga qaramay, A Seriyaga qaytishni xohlamoqda. U bir nechta jamoalar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Shuningdek, unga Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiya klublaridan ham qiziqish mavjud. 33 yoshli Lorenzo “Toronto” safida 63 o‘yinda 18 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting