locale OZ

Infantino Trampga JCh-2026 o‘yinlariga 10 ta chipta sovg‘a qildi

Hujjatlarda qayd etilishicha, Trump 370 ming dollardan ortiq summadagi sovg‘alar olgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Infantino Trampga JCh-2026 o‘yinlariga 10 ta chipta sovg‘a qildi
ФОТО: Getty images

AQSH prezidenti Donald Tramp yillik moliyaviy hisobotini e’lon qildi, unga ko‘ra FIFA prezidenti Gianni Infantino unga 2026 yilgi Jahon chempionati o‘yinlariga 10 ta chipta sovg‘a qilgan. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Hujjatlarda qayd etilishicha, Tramp 370 ming dollardan ortiq qiymatdagi sovg‘alarni olgan. Asosiy qismini sport tadbirlariga chiptalar tashkil etgan. Ular orasida — 15 ming dollarlik JCh-2026 o‘yinlariga 10 ta chipta, 50 ming dollarlik Super Bowlga 10 ta chipta, shuningdek, boshqa sport tadbirlariga chiptalar mavjud.

2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnir finali Nyu-Yorkdagi "MetLife Stadium" arenasida bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting