locale OZ

Infantino Trampdan yordam so‘ramoqchi bo‘lib, lavozimini saqlab qolmoqchi

Bu haqda The New York Post xabar tarqatmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Infantino Trampdan yordam so‘ramoqchi bo‘lib, lavozimini saqlab qolmoqchi
ФОТО: Getty images

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘z lavozimini saqlab qolish maqsadida AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidan yordam so‘ramoqchi. Bu haqda The New York Post xabar tarqatmoqda.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Infantino bugun, 3-avgust kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

“U Davlat kotibi bilan bog‘lanib, futbol Amerika yumshoq kuchining bir qismi bo‘lishi mumkinligini muhokama qilmoqchi edi. Ammo barchamiz bilamizki, gap aslida uning ishdan chetlatilishini oldini olish haqida ketmoqda. Hozir boshqa narsa haqida gapirishning imkoni yo‘q”, deydi manbalardan biri.

Mojaro avj olgan paytda Infantino Donald Tramp bilan ham bir necha bor telefon orqali bog‘lanishga uringan.

Eslatib o‘tamiz, Infantino FIFA’ning tijorat huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish tashabbusi bilan chiqqanidan so‘ng keskin tanqidlarga uchragan edi. Keyinchalik u mazkur rejadan voz kechgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting