Infantino Toshkentga yetib keldi
«O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifiga ko‘ra, FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qilish, Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishish hamda “CAFA Nations Cup 2025” musobaqasining final uchrashuvini stadiondan kuzatish maqsadida O'zbekistonga tashrif buyurdi.
FIFA delegatsiyasini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va boshqa rasmiylar kutib olishdi», - deb yoziladi O'FA xabarida.
Ma'lumot o'rnida, CAFA finalida O'zbekiston hamda Eron milliy jamoalari o'zaro bellashadi.