Infantino Mirziyoyevni tabrikladi: O‘zbekiston – Jahon chempionatida!
Futbol bo‘yicha Xalqaro federatsiya (FIFA) prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga tabrik maktubi yo‘lladi.
“Janobi Oliyalari, muhtaram Prezident!
Kechа O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Bu natija orqali terma jamoangiz Osiyodagi ilk jamoalardan biri sifatida JCh-2026 ishtirokchisiga aylandi.
Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va O‘zbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy yutuq bilan tabriklayman.
Bu muvaffaqiyat futboldagi barcha ishtirokchilar – hukumat, futbol assotsiatsiyasi, murabbiylar, futbolchilar va, albatta, samimiy muxlislarning jipsligi, mehnati va intilishi natijasidir.
Muhtaram Prezident, jamoangizga 2026 yilgi Jahon chempionatida ulkan zafarlar tilayman. Siz, Janobi Oliyalar bilan yana uchrashishni intiqlik bilan kutaman”.
Infantinoning samimiy tabrigidan jamoa va butun mamlakatning g‘alabasi nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda e’tirof etilganini ko‘rish mumkin.