Infantino lavozimini saqlab qolish uchun Tramp ma’muriyatidan yordam so‘ramoqchi
Janni Infantino 2016-yilning fevralidan buyon FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Foto: Getty Images
FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilot rahbari lavozimini saqlab qolish maqsadida AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidan yordam olishga urinmoqda. Bu haqda New York Post xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Infantino AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashib, futbol Amerika uchun “yumshoq kuch” vositasiga aylanishi mumkinligini muhokama qilmoqchi.
Avvalroq FIFA Jahon chempionati va boshqa musobaqalarning tijoriy huquqlarini boshqarish uchun FIFA Forward Enterprises nomli yangi tuzilma tashkil etishni rejalashtirgandi. Biroq ushbu loyiha UEFA, KONKAKAF va Osiyo Futbol Konfederatsiyasining keskin qarshiligiga uchradi.
Janni Infantino 2016-yilning fevralidan buyon FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist